Toshkentda taroveh namozlari sabab ayrim koʻchalar yopiladi

Toshkentda Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:
- Tepa masjidi Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar;
Bektemir tumani boʻyicha:
- Alibek masjidi M.Avezov koʻchasidan X.Boyqaro koʻchasiga qadar;
Yashnobod tumani boʻyicha:
- Islom ota masjidi Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar;
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar;
Mirobod tumani boʻyicha:
- Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi Yangi Qoʻyliq-Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor koʻchasiga qadar;
- Qoʻyliq ota masjidi THAY-Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar;
Sergeli tumani boʻyicha:
- Maʼruf ota masjidi Choshtepa koʻchasidan Choshtepa 1-tor koʻchasiga qadar (Temir panjara — 20);
- Noʻgʻayqoʻrgʻon masjidi Yangi Sergeli–Nugʻayqoʻrgʻon KHAY-Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon-Sagʻbon chorrahasiga qadar;
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Maʼzum masjidi KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasiga qadar;
- Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bogʻiboʻston chorrahasiga qadar;
- Rakat masjidi J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar;
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar;
Shayxontohur tumani boʻyicha:
- Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi Koʻkcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza Beshqayragʻoch chorrahasiga qadar;
- Kamolon masjidi Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasiga qadar;
Olmazor tumani boʻyicha:
- Hazrati Imom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar;
- Islomobod masjidi KHAY-Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon-Sagʻbon chorrahasiga qadar;
- Doʻstjonboy (Sulola) masjidi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor chorrahasidan Keles yoʻli-Noraztepa chorrahasiga qadar;
Yunusobod tumani boʻyicha:
- Mirza Yusuf masjidi Bogʻishamol koʻchasida Shivli koʻchasiga qadar;
Uchtepa tumani boʻyicha:
- Abdulloh ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qaʼni aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa koʻchasi chorrahasiga qadar;
- Hazrati Ali masjidi Nazarbek-Maxorat chorrahasidan Nazarbek-Zamahshariy 1-tor koʻchasigacha qadar;
Chilonzor tumani boʻyicha:
- Novza masjidi Bunyodkor-Muqimiy koʻprigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha qadar;
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan Soʻgalli ota koʻchasiga qadar;
- Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi Al-Xorazmiy koʻchasidan Katta Xirmontepa koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
namozlari 22 martdan oʻqiladi.