Oʻzbekiston yanvar-fevral oyida 14 ta samolyot sotib oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 719,6 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 14 ta samolyot import qilgan.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston samolyot import qilgan davlatlar:
- Germaniya – 6 ta (421,7 mln)
- Litva – 4 ta (66,7 mln)
- Shveysariya – 1 ta (86,5 mln)
- Fransiya – 1 ta (64,3 mln)
- Singapur – 1 ta (61,6 mln)
- Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSh dollari)
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 13 ta samolyot import qilgan.