Afgʻonistonda 4 balli zilzila sodir boʻldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, 22.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 00:02 da (21.03.2023 yil, Grinvich boʻyicha 19:02 da) Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi.
Zilzila koordinatalari: 37,03 gradus shimoliy kenglik; 72,87 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 100 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 566 km janubiy-sharqda.
Eslatib oʻtamiz, avalroq Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezilgani haqida xabar bergandik.




