6 magnitudadan yuqori zilzilalar yuqori ballarni bera boshlaydi
«Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, maʼruzalar» kanali muallifi Erkin Abdulahatovning tushuntirishicha, epimarkazida 5 magnitudadan yuqori zilzilalar kuchli zilzila tasnifiga kiritila boshlanadi.

22 mart soat 00:02 da Afgʻonistonda 4 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Uning kuchi Oʻzbekistonda sezilmagan.
«Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, maʼruzalar» kanali muallifi Erkin Abdulahatovning tushuntirishicha, epimarkazida 5 magnitudadan yuqori zilzilalar kuchli zilzila tasnifiga kiritila boshlanadi.
Tabiiyki, bu kuchli zilzila emas. Seysmoprognostik monitoring markazi telegram kanalini kuzatsangiz, Tojikiston va Afgʻonistonda deyardi har kuni 4 magnitudali zilzilalar haqidagi xabarlarga koʻzingiz tushadi", - deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi va uning kuchi Oʻzbekiston hududlarida ham sezilgandi.