Sirdaryo viloyati hokimi futbolchi Abbos Fayzullayevning ota-onasiga «Umra» safariga yoʻllanma berdi

Guliston shahrida Navroʻz tantanalari va sayli boshlangan.
Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda.
Tadbirda futbol boʻyicha U-20 Osiyo Kubogi gʻolibi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi», sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan «Umra» safariga yoʻllanma berildi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Prezident tomonidan Osiyo chempionlari, jumladan, Abbos Fayzullayevga ham Gentra avtomobili topshirilgandi.