platina.uz
Jamiyat

Respublika hududida hech qanday koʻngilsiz hodisalar kuzatilmagan — FVV

Vazirlik aholini sarosimaga tushmaslik va vahimaga berilmaslikka chaqirgan.
Respublika hududida hech qanday koʻngilsiz hodisalar kuzatilmagan — FVV

Avval xabar berganimizdek, bugun 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi. Ushbu zilzila kuchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston FVV rasmiy xabar berdi.

«Respublika hududida hech qanday koʻngilsiz hodisalar kuzatilmadi. Bino va inshootlarga zarar yetmagan.

Oʻz navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni soʻrab qoladi. Baʼzi-baʼzida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi», deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid