platina.uz
Jamiyat

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qarorini imzoladi.
Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

Ramazon oyi 23 mart, payshanba kunidan boshlanishi maʼlum boʻldi.

Prezident “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi. Unga koʻra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik maʼlumotlarga tayangan holda 2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23 mart, payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida xulosa qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid