"Qamchiq” dovonida favqulodda hodisa sodir boʻldi
FVV xabar berishicha, "Qamchiq" dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi agʻdarilib ketgan. Yoʻlni neft mahsulotidan tozalash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha bir tomonlama toʻxtatilgan.
Jamiyat
21-mart 2023 yil

Bugun, 21-mart kuni A-373 avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovoni qismidan oʻtgan 198 kilometrida "MAN" rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bir muddat yoʻl yopilgan. Yoʻlni neft mahsulotidan tozalash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha bir tomonlama toʻxtatilgan.
FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, yongʻin sodir boʻlmagan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib borib, YPX xodimlari hamkorligida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
"Vaziyat toʻliq nazoratga olingan", - deyiladi xabarda.