platina.uz
Jamiyat

Parkentda kuchli yomgʻir oqibatida 47 kishi adirda qolib ketdi

Respublikaning ayrim hududlarida kuzatilgan kuchli yomgʻir natijasida Parkentda qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarning 13 ta yengil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.
Parkentda kuchli yomgʻir oqibatida 47 kishi adirda qolib ketdi

Joriy yilning 20 mart kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi kuzatildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqarolar tomonidan kelib tushgan xabarga koʻra, Parkent tumani, Qiziltogʻ shaharchasi atrofidagi adirliklarga oʻz avtomobillarida dam olish maqsadida borgan fuqarolar kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida adirliklarda qolib ketganligi va pastga tushaolmayotganliklarini aytib, ularga yordam kerakligini maʼlum qilganlar.

Xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar 7 ta maxsus texnika bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borganlar.

Amalga oshirilgan tezkor saʼy harkatlar natijasida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarning 13 ta yengil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tushilgan.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok boʻlgan va tan jarohat olgan fuqarolar yoʻq.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid