platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda qancha dorixona borligi maʼlum qilindi

Bugungi kunda respublika boʻyicha oʻrtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda qancha dorixona borligi maʼlum qilindi

Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi boʻyicha 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda respublika boʻyicha oʻrtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona toʻgʻri keladi.

  • Toshkent shahrida 2 ming 338 ta;
  • Toshkent viloyatida 1 ming 415 ta;
  • Samarqand viloyatida 1 ming 690 ta;
  • Fargʻona viloyatida 1 ming 690 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 ming 78 ta;
  • Jizzax viloyatida 532 ta;
  • Navoiy viloyatida 622 ta;
  • Xorazm viloyatida 933 ta;
  • Namangan viloyatida 1 ming 137 ta;
  • Surxondaryo viloyatida 794 ta;
  • Andijon viloyatida 1 ming 457 ta;
  • Buxoro viloyatida 1 ming 7;
  • Sirdaryo viloyatida 446 ta dorixona mavjud.


Respublikamizda 2018 yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, ularning soni 2019 yilda 11 ming 858 ta, 2020 yilda 13 ming 57 ta, 2021 yilda 14 ming 287 ta, 2022 yilda esa 15 ming 799 taga yetgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid