platina.uz
Jamiyat

Moskvada Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi

Moskva shahridagi qurilish obektida ishlayotgan 50-60 nafar fuqaro ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 40 ga yaqin xodim qoʻlga olinib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun ichki ishlar boʻlimiga olib ketilgan.
Moskvada Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida Moskvadagi qurilishda Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari ommaviy mushtlashgani haqida xabar tarqaldi.

Moskva shahridagi “Ant Yapi” korxonasi qurilish obektida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgani haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi quyidagilarni maʼlum qildi.

Konsullik boʻlimi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari voqea joyiga borib, obektda qurilish ishlari vaqtincha toʻxtatilganini, ishchilarning yashash joyi va hudud politsiya himoyasi ostida ekaniga ishonch hosil qildi.

Maʼlum boʻlishicha, ommaviy mushtlashuvga shu yilning 18 mart kuni oshxonada navbat kutish vaqtida yuzaga kelgan tushunmovchilik sabab boʻlgan. Tortishuv 50-60 nafar fuqaro ishtirokida ommaviy mushtlashuvga aylangan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 40 ga yaqin xodim qoʻlga olinib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun ichki ishlar boʻlimiga olib ketilgan.

Taʼkidlash kerak, mavjud maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olinganlar soʻroq qilinib, tushuntirish xati yozilgach, qoʻyib yuborilgan.

"Ogʻir tan jarohati olgan va jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq. Yaqin kunlarda konsullik boʻlimi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari vaziyatga oydinlik kiritish uchun qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda" deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid