Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 19 mart kuni soat 22:40 larda Lacetti, Labo, Malibu, Nexia-3 va Captiva avtomashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.
YTH oqibatida Lacetti hamda Labo avtomashinasi haydovchi va yoʻlovchilari tan jarohat olib shifoxonaga yetkazilgan, u yerda jabrlanuvchilarga birinchi yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




