platina.uz
Jamiyat

Sud ortidagi yorugʻ kunlar va 8,5 ming aholiga toʻgʻri kelayotgan bitta advokat masalasi

“Qilmishi ortidan bir kishi sudlangan boʻlsa, bu holat butun bir oila kelajagiga, yaʼni uning farzandlari taqdiriga soya solgani boʻlgan voqelik”, deydi MY5 telekanalining “Obʼektiv” tok-shousi mutaxassislari Yangilanayotgan Konstitutsiyada bu borada kutilayotgan oʻzgarishlar haqida xalqqa, jamoatchilikka tushuntirish berarkan.
Sud ortidagi yorugʻ kunlar va 8,5 ming aholiga toʻgʻri kelayotgan bitta advokat masalasi

Darhaqiqat, bunday holatlarning achchiq azobini tortganlar oramizda kam emas.
Asossiz 15 sutka ustiga 15 sutka qamab, qarabsizki, ertaga hayotiga sudlangan, degan tamgʻani urib, qanchadan qancha oilalarning tinchi buzilgan vaqtlar boʻlgan.
Yana bir maʼlumot: hozirgi kunda 8,5 ming aholiga bitta advokat toʻgʻri keladi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida esa ana shu jihatlarga yechim boʻladigan muhim oʻzgarish kiritilyapti, yaʼni 29-moddaga koʻra, endilikda:

Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi.
Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʻrilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid