Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolariga bugun avtomobil topshiriladi

Bugun soat 11:00 da «Bunyodkor» stadionida U 20 Osiyo Kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
Futbol boʻyicha Osiyo chempionlarining har biriga Lacetti (Gentra) avtomobili taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari final uchrashuvida Iroq ustidan kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi.