Jizzaxda ikki prokuratura xodimi YTH oqibatida vafot etdi

Joriy yilning 18 mart kuni Jizzax viloyati Zomin tumani prokuraturasi tergovchisi va prokuraturaning ish yurituvchisi va prokuratura ish oʻrganuvchi boʻlgan avtomobil yoʻl-transport hodisasiga uchrab vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Platina.uz»ga maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat taxminan 23.00larda Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi E.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinada Supa-Zomin yoʻnalishi 26 km.da harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng chetidagi daraxtga urilishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir etilgan.
Oqibatda, E.K. va avtomashina salonida boʻlgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A.Q.lar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, tuman prokuraturasi tergovchisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 19.03.2023 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.