platina.uz
Jahon

Eng baxtli mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 54-oʻrinni egalladi

20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi eng baxtli mamlakatlar nomini eʼlon qilib keladi.
Eng baxtli mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 54-oʻrinni egalladi

Har yili 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi eng baxtli mamlakatlar nomini eʼlon qildi.

World Happiness Report reytingda ketma-ket oltinchi marta birinchi oʻrinni Finlyandiya egalladi, ikkinchi oʻrinda Daniya va kuchli uchlikni Islandiya yakunlab berdi.

Undan keyingi oʻrinlarni Isroil, Niderlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiya joy oldi.

Oʻzbekiston 137 davlat orasida baxtiyorlik boʻyicha global reytingda 54-oʻrinda qayd etildi. AQSh 15-oʻrinda, Fransiya 21-oʻrinda, Buyuk Britaniya 19-oʻrinda, Ukraina 92-oʻrinda. Rossiya esa 70-pogʻonaga loyiq koʻrildi.

Rossiya oʻtgan yilga nisbatan oʻn pogʻonaga koʻtarilib, 70-oʻrinni egalladi. AQSh 15-oʻrinda, Fransiya 21-oʻrinda, Buyuk Britaniya 19-oʻrinda, Ukraina 92-oʻrinda.

Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Burkina-Faso, Namibiya, Turkiya, Gana, Pokiston va Niger qayd etildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid