platina.uz
Sport

Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni boʻldi

Moʻgʻuliston poytaxtida oʻtkazilgan musobaqada 18 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioniga aylandi.
Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni boʻldi

Xokkey boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya U-18 chempionati gʻolibiga aylandi. Musobaqa Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 11−17 mart kunlari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Moʻgʻuliston (7:4), Tailand (10:2) va Birlashgan Arab Amirliklari (8:1) jamoalarini magʻlub etdi. Shu tariqa, vakillarimiz musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Terma jamoa sardori Jasurbek Rustamxonov turnir toʻpurari boʻldi. U beshta oʻyinda 26 (14 gol va 12 golli uzatma) ochko toʻplagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid