Tarixiy gʻalaba va quvonch onlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi finalini tomosha qildi.
Finalda Oʻzbekiston bilan Iroq futbolchilari bahslashdi. Oʻzbekiston yoshlari 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Davlatimiz rahbari terma jamoamizni taqdirlash marosimida ishtirok etdi va bosh sovrin - Osiyo kubogini topshirdi.