platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok boʻldi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qashqadaryoda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 17 mart kuni uchta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, shu kuni 18:30 da “Qoratepa” mahallasida Isuzu Damas bilan toʻqnashishi oqibatida yoʻl chetida toʻxtab turgan Nexia-2 ga borib urilgan.

Hodisa oqibatida Damas haydovchisi A.A. va yoʻlovchi A.S. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan ish ochilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid