platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi

Oʻzbekistonda narxlar barqarorlashgani sababli piyoz eksportiga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklov 15 martdan bekor qilindi.
Oʻzbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi

15 martdan Oʻzbekistonda piyoz narxi barqarorlashgani sababli uning eksportiga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumki, piyoz narxining keskin oʻsishi, aholining ichki isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov oʻrnatilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid