platina.uz
Jamiyat

Tibbiyot muassasalari bayram kunlari ham kunu tun ishlaydi – SSV

Bayram kunlari quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishi maʼlum qilindi.
Tibbiyot muassasalari bayram kunlari ham kunu tun ishlaydi – SSV

«Navroʻz» umumxalq bayrami kunlari ham tibbiyot muassasalari aholi uchun xizmat koʻrsatadi.

SSV bergan maʼlumotga koʻra, bayram kunlari quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

  • 1257 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika;
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti;
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
  • tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Respublika boʻyicha 2 755 ta tez tibbiy yordam brigadasi ham aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, «Navroʻz» umumxalq bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart), olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun (19-22 mart) ketma-ket dam oladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid