Pokiston sobiq bosh vaziri sudga boradigan boʻldi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon rasmiylar uni hibsga olishga urinib, qonundan tashqari harakat qilayotganini aytdi. Politsiya sobiq bosh vazirni hibsga olishga uringanida uning tarafdorlari bilan toʻqnashuv yuz berdi.
“Ularning barchasi mamlakat qonunlariga boʻysunishi kerak”, — deya Imron Xon uni hibsga olmoqchi boʻlganlar haqida gapirgan.
Siyosatchi bosh vazir lavozimida boʻlgan vaqtida davlat sovgʻalarini sotishda ayblangan. U bu ish siyosiy motivlarga ega boʻlganini qayd etgan.
Xonning Lahor shahridagi uyi yaqinida politsiya uni hibsga olish uchun kelganida siyosatchining tarafdorlari bilan keskinlik avj olgan. Ofitserlar tosh va gʻisht otayotgan Xonning tarafdorlarini tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.
Xonning taʼkidlashicha, politsiya uni 14 mart kuni hibsga olishiga “hech qanday sabab” yoʻq, chunki u 18 martgacha himoya garovi olgan. U hukumat avvalgi muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin uni qamoqqa olishga qatʼiy qaror qilganini aytgan.
“Men tunni kamerada oʻtkazishga ruhan tayyorman. Qancha kecha oʻtishini bilmayman, lekin bunga tayyorman”, — degan u.
Imron Xon uning partiyasining boʻlajak saylovlarda ishtirok etishini toʻxtatish uchun rasmiylar uni hibsga olishga urinayotgani daʼvo qilgan.
Hukumatga koʻra, hibsga olish jarayonining saylovlarga aloqasi yoʻq va politsiya uni korrupsiya ishi boʻyicha hibsga olish toʻgʻrisidagi sud qarorlarinigina bajarmoqda. Xon oʻzining partiya xodimlari, ayollar va bolalardan hibsdan qochish va tartibsizliklarni kuchaytirish uchun tirik qalqon sifatida foydalanayotgani aytilmoqda.
Imron Xon 14 mart kuni politsiya va tarafdorlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlardan bir necha soat oʻtib, uyi oldida tarafdorlari bilan koʻrishgan. U olomonga murojaat qilib, Lahor shahridagi qarorgohi yonida yigʻilganlar bilan suratga tushgan. Siyosatchini hibsga olish amaliyoti hozircha toʻxtatilgan.
Xonni hibsga olish siyosatchining uyiga yaqin joyda kriket turniri oʻtkazilishi uchun toʻxtatilgani, sababi qarama-qarshilik katta tirbandliklarga sabab boʻlishi aytilgan.
“Geo” telekanali xabar berishicha, Pokistonning sobiq Bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat Harakati” partiyasi raisi Imron Xon sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun 18 mart kuni ertalab Lahordagi qarorgohini tark etgan. Islomobodda esa Imron Xonga qarshi ish koʻrib chiqilayotgan vaqtda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.