platina.uz
Jamiyat

Bugun umumxalq xayriya hashari kuni

Avvalroq umumxalq xayriya hashari kuni Navroʻz bayrami va Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun 11 martdan 18 martga koʻchirilgandi.
Bugun umumxalq xayriya hashari kuni

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida 2023 yil 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navroʻz umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida 2023 yil 11 martdan 18 martga koʻchirilgandi.

Eslatib oʻtamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid