Son koʻpayib, sifat yoʻqolib ketmayaptimi?

Aholining keng qatlamlarini oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi Prezidentimiz tomonidan BMT minbarida koʻtarilgan va maʼlumotlarga koʻra, 2030 yilgacha Oʻzbekistonda 50% yosh aholi oliy maʼlumotga ega boʻlishi rejalashtirilgan.
Shu sababli oliy taʼlimni olish huquqi Konstitutsiya darajasigacha oshirilmoqda. Ayni shu muhim islohot sabab telekanal ijodkorlari ham aynan oliy taʼlim mavzusini tahlil qilishibdi.