platina.uz
Jamiyat

“Oilaviy zoʻravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarur” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasining shoʻʼba mudiri Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili bilan oilalardagi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan suhbatda ana shunday mulohazalari bilan boʻlishdi.
“Oilaviy zoʻravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarur” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasining shoʻʼba mudiri Saida Mirziyoyeva BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili bilan oilalardagi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan suhbatlashgan.

Uchrashuv davomida jamiyatning eng ogʻriqli, shuningdek, dolzarb masalalaridan biri – oilalardagi zoʻravonlikni kriminallashtirish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan, hozirda Oliy Majlis muhokamasida boʻlgan tegishli qonun loyihasi borasida oʻzaro fikr almashilgan.

"Men doim gender zoʻravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman, chunki faqatgina uning tub mohiyatini anglash, bunday hodisalar nega sodir boʻlishini bilish orqali uning ildiziga bolta urish, bunday shafqatsizlikni bartaraf etish mumkin, deb oʻylayman. Shu nuqtai nazardan, Dimovska xonimga oilaviy zoʻravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarurligi borasidagi mulohazalarim bilan boʻlishdim. Uchrashuvda, shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish rejalarini ham muhokama qildik", - deydi Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid