platina.uz
Jamiyat

Odam savdosi boʻyicha qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayol BAAdan Oʻzbekistonga qaytarildi

U onasi va singlisi tomonidan qidirilgan. Tergovda shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, noqonuniy yoʻllar orqali fohishalik uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnatish boʻyicha uyushgan jinoiy guruh tuzgan.
Odam savdosi boʻyicha qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayol BAAdan Oʻzbekistonga qaytarildi

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchining deportatsiya masalasi hal qilindi.

Hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda oʻzaro axborot almashinuvi, ikki davlat Interpol MMBlari rahbarlarining qidiruvni faollashtirish boʻyicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shugʻullanib kelgan va xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchi ayolning deportatsiyasi amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yoʻllar bilan fohishalik bilan shugʻullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnatish boʻyicha uyushgan jinoiy guruh tuzishgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish vaʼda qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan soʻng ularning pasportini olib qoʻyishar va fohishalik bilan shugʻullanishga joʻnatishardi.

Shu tariqa, Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari oʻrtasida oʻtkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan soʻng Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid