platina.uz
Jamiyat

Joriy yilda 132 ming oʻrinli talabalar turar joyiga talab bor

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ming oʻrinli yotoqxonalarni barpo etish va talabalarni turar joy bilan taʼminlash darajasini 60 foizdan oshirish belgilangan.
Joriy yilda 132 ming oʻrinli talabalar turar joyiga talab bor

Soʻnggi yillarda respublikada yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ming oʻrinli yotoqxonalarni barpo etish va talabalarni turar joy bilan taʼminlash darajasini 60 foizdan oshirish belgilangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning maʼlum qilishicha, islohotlar natijasida davlat oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar turar joylarining soni bugungi kunda 287 taga yetkazilib, jami 109504 nafar talabalarni joylashtirish imkoniyati yaratildi. Shunga qaramasdan, qoʻshimcha 132 ming oʻrinli talabalar turar joyiga talab mavjud.

Ushbu ehtiyojni qondirish maqsadida Prezidentmizning “2022-2026 yillarga moʻljallangan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida Farmoniga asosan

2023 yil yakuniga qadar 18 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish va foydalanishga topshirish belgilangan.

Joriy yilda yotoqxonalarni barpo etish boʻyicha jami 28 526 oʻrinli 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 19576 oʻrinli 40 ta, oliygoh va byudjet mablagʻlari hisobidan
3450 oʻrinli 7 ta, oliygohlarning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan 3 900 oʻrinli 8 ta hamda investitsiya dasturi doirasida 1 600 oʻrinli 3 ta loyihalarda tegishli ishlar amalga oshirilyapti.

Ayni damda respublika boʻyicha jami 16 466 oʻrinli 31 ta loyihalarda qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston milliy universitetida davlat-xususiy sheriklik, asosida 86,3 mlrd soʻmlik loyiha amalga oshirilayotgan boʻlib, 1000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish ishlari bugundan boshlandi.
Yil yakuniga qadar talabalar turar joyi fondi 127 ming oʻrindan oshirish rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid