Hokim oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Dadaxodjayeva Muxarram Esanullayevna lavozimidan ozod etildi.
Endilikda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Saʼdullayev Ziyodullo Fayzullo oʻgʻliga - tuman hokimi oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifalarini vaqtinchalik bajarish vazifasi yuklandi.