Bugun uch nafar bokschi qizlarimiz ringga koʻtariladi

Bugun Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Ushbu kun doirasida 3 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida ringga koʻtarilishadi.
Yurtdoshlarimizning raqiblari bilan tanishing:
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Alesha Jekman (Guayana) («V» ring, 14:25 dan soʻng)
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova – Kun Diyem (Vetnam) («A» ring, 15:00 dan soʻng)
-60 kg: Sitora Turdibekova – Rimma Volassenko (Qozogʻiston) («A» ring, 17:40 dan soʻng)