platina.uz
Jamiyat

Bayram kunlari ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi — Markaziy bank

Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari oʻrnatilgan.
Bayram kunlari ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlab turadi — Markaziy bank

Joriy yilning 18-22 mart kunlari aholiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:

Ipak yoʻli bank
Trastbank
Sanoatqurilishbank
Xalq bank
Hamkor bank
Turonbank
MKbank
Aziya alyans bank
Agrobank
Qishloq qurilish bank
Asakabank
Milliy bank
Infin bank
Ipoteka bank
Aloqa bank
Oriyent finans bank
Kapitalbank

Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanishingiz mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid