Toshkentda "Navroʻz sayli" qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi

18 martdan 22 martgacha poytaxtimizdagi «Navroʻz» bogʻida «Navroʻz sayli» boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda dorboz va polvonlarning chiqishlari, oʻzbek xalq oʻyinlari, milliy anʼanalarimizga asoslangan bozor muhiti, milliy taomlarimiz, «Retro» toʻy marosimi va estradamiz yulduzlarining chiqishlari tashkil etiladi.
"Yangi kun tantanalarini «Navroʻz» bogʻida nishonlang", - deyiladi xabarda.