Soʻnggi ikki oyda Oʻzbekistonga eng koʻp turist qaysi davlatdan kelgani maʼlum qilindi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga oshgan.
2 oyda eng koʻp qaysi davlat fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
- Tojikiston – 289,2 ming nafar
- Qozogʻiston – 241,4 ming nafar
- Qirgʻiz R. – 211,2 ming nafar
- Rossiya – 81 ming nafar
- Turkiya – 13,4 ming nafar
- Turkmaniston – 4,8 ming nafar
- Koreya – 4,4 ming nafar
- Hindiston – 2,4 ming nafar
- Ukraina – 1,7 ming nafar
- Ozarbayjon– 1,7 ming nafar
- Belarus R. – 1,6 ming nafar
- Xitoy – 1,6 ming nafar
- AQSh – 1,4 ming nafar
- Germaniya – 1,3 ming nafar
- Buyuk Britaniya – 0,9 ming nafar
- Fransiya – 0,8 ming nafar
- Italiya – 0,7 ming nafar
- Yaponiya – 0,7 ming nafar
- Isroil – 0,6 ming nafar
- Gruziya – 0,6 ming nafar




