platina.uz
Jamiyat

Shaharlararo yoʻnalishlarda qoʻshimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Navroʻz bayrami munosabati bilan fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, yoʻlovchilarni oʻz vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qoʻyish munosabati sababli 19 martgacha qoʻshimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shaharlararo yoʻnalishlarda qoʻshimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Transport vazirligi Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, yoʻlovchilarni oʻz vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qoʻyishni tashkil etish uchun “Toshkent” avtovokzalidan kunlik tasdiqlangan grafik asosida qatnovchi reyslaridan tashqari qoʻshimcha qatnovlarni tashkil etmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 14 martdan boshlanib,19 mart kuniga qadar jami 34 ta qoʻshimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 16 mart kuni Qorakoʻl (1 ta), Uzun (2 ta), Xiva (4 ta), Termiz (3 ta) shaharlariga qoʻshimcha 10 ta reys tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqib, yana qoʻshimcha reyslar tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid