Referendum uchun 182 mlrd 386 mln soʻm sarflanadi – Markaziy saylov komissiyasi

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda tegishli qonun talablariga rioya qilgan holda referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini 182 milliard 386 million soʻm miqdorida ishlab chiqqan.
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.
Referendum oʻtkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritiladi.
Qonunga koʻra, MSKning referendum yakunlari boʻyicha qarori referundim oʻtkazilgan keyin koʻpi bilan oʻn kun ichida eʼlon qilinadi.




