platina.uz
Jamiyat

Mashhur vaynerga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

U bezorilik qilganlikda ayblanmoqda.
Mashhur vaynerga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Dili me nomi bilan ijod qiluvchi vayner guruh boʻlib bitta bolani kaltaklashgani uchun vaqtinchalik qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura xabar berishicha, 23 yanvar kuni u sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jaroxati yetkazishgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan.
Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.
Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid