platina.uz
Jamiyat

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi

Yangi tayinlanganlardan birining mutaxassisligi iqtisodchi, ikkinchisiniki esa muhandis-huquqshunos.
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosar tayinlandi. Bu xaqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Oripov Anvar Xomitovich Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1985 yil Termiz shahrida tugʻilgan. 2007 yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Ismoilov Farxodjon Voxobovich Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1970 yil Fargʻona viloyati Quva tumanida tugʻilgan. 1997 yilda Fargʻona politexnika institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Fargʻona viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid