Prezident avtomobil haydab oʻtgan Surxondaryodagi yoʻlda taʼmirlash ishlari boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida oʻzi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yoʻnalishidagi yoʻllar sifatini tanqid qilgan edi. Mazkur yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻlining umumiy uzunligi 111 kilometr semento-beton qoplama boʻlib, viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqoʻrgʻon, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan oʻtadi.
Bugungi kunda qurilish obʼektida asos ishlari bajarilmoqda. Hozirda obʼektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning oʻzi ushbu yoʻlda avtomobil bosh




