platina.uz
Jamiyat

"Prava"ngizni almashtirishingiz uchun yana bir qulaylik yaratildi

Avvalroq eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddatiga kam vaqt qolgani sababli “prava”ngizga bir qarab qoʻyishingizni eslatib oʻtgandik.
"Prava"ngizni almashtirishingiz uchun yana bir qulaylik yaratildi

2023 yil 31 mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010 yilgacha berilgan eski "prava"lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining koʻpligini hisobga olgan holda 18-19-20 hamda 22 mart kunlari DXM hamda IIBB YHXB boʻlimlari tomonidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni yaratildi.

Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta koʻrib chiqildi.

Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda DXMlar hamda IIBB YHXB boʻlimlari orqali haydovchilarimiz ertalab soat 9:00dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, eski namunadagi “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YaIDXP buyurtma berishingiz mumkin.

Joriy yil fevraldan boshlab hozirgi kunga qadar 5 500 dan ortiq fuqaro ushbu taklif etilayotgan tartibdan foydalangan holda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirgan (pochta orqali uylariga yetkazib berilgan).

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunga kelib 2010 yilgacha berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim boʻlganlar soni 200 mingdan ortiqni,

2010–2012 yillarda berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim boʻlganlar soni 100 mingdan ortiqni,

2013–2015 yillarda berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim boʻlganlar soni 150 mingdan ortiqni,

2015 yildan keyin berilgan guvohnomalarni yangisiga almashtirish lozim boʻlganlar soni 150 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.

Joriy yilda 600 mingdan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilishi lozim.

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid