Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga yoʻl oldi

U-20 Osiyo kubogi yarim finali doirasida Oʻzbekiston — Koreya Respublikasi uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida yana Ravshan Haydarov jamoasi gʻalaba qozondi.
Shu tariqa, yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatining finaliga yoʻl oldi. Endi final bahsida Iroqqa qarshi oʻynaydi.