platina.uz
Jamiyat

"Coxta" elchixona xodimi Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

U oʻta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgandi.
"Coxta" elchixona xodimi Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Toshkent va Rigada faoliyat yurituvchi Interpol MMBlarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli, ikki davlat mazkur tashkilotlarining rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar natijasida firibgarlikda ayblanayotgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi Oʻzbekistonga berildi.

Qidiruvdagi shaxs bir necha yillar davomida jabrlanuvchi Amerika Qoʻshma Shtatlariga chiqib ketishni niyat qilganini bilib, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi sifatida oʻzini tanishtiradi va hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda oʻz xizmatlarini taklif qiladi. Xizmatlari esa tekin boʻlmagan, albatta. Shu tariqa, firibgardan ancha insonlar jabr koʻrdi. Jinoyatchini qoʻlga olish oson boʻlmadi, chunki u Oʻzbekistondan chiqib ketganidan keyin shaxsiy maʼlumotlarini oʻzgartirib, xorijiy davlatning soxta pasportidan foydalangan holda, jinoiy faoliyatini davom ettirib, oʻzini hamon elchixona xodimi sifatida tanishtirib, barcha xizmatlarni koʻrsatib, firibgarlik yoʻli bilan jabrlanuvchilarning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib olgan.

«Qidiruvda boʻlgan shaxsni aniqlash boʻyicha uzoq davom etgan jarayonga qaramay, uning chet el pasportini soxta, shaxsiy maʼlumotlarini esa haqiqiy emas deb topib, Toshkent va Riga Intnerpolning MMB birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, qoʻlga olindi», — deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid