23 marotaba jarrohlikni boshidan oʻtkazgan zamondosh

Hojiakbar Rahmetov Zangiota tumani Gulbogʻ mahallasida istiqomat qiladi.
Qahramonimiz 21 yil avval boʻlgan baxtsiz hodisa sabab 23 marotaba jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazdi. U bugun 2 farzandning otasi. Qoʻli gul usta. Uning aytishicha, bitta hunar bilan ish bitmaydi. Temir payvandlash deysizmi, oyoq kiyim taʼmirimi yoki telefonni dasturlashmi – hammasi qoʻlidan keladi.
Bekorchilikni xush koʻrmaydi. Garchi bir oyogʻi boʻlmasa-da, toʻrt muchasi sogʻ insonlar eplashga qiynaladigan yumushlarni mohirlik bilan bajaradi.
Istagi agar biror qoʻlidan keladigan hunariga mos, oʻtirib ishlaydigan taklif boʻlsa, ishlash. Doʻkondami, telefon tuzatish, dasturlash ustaxonasimi yoki davlat ishi boʻlsa ham ishlamoqchi.
“Qiyinchilik, siqilish boʻladi, onamning, qoʻni-qoʻshnilarning duolari bilan yuribman” deydi u.