platina.uz
Jamiyat

Zoyir Mirzayev tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi

Yigʻilish davomida 3 ta hokim tushuntirish xati yozdi, 3 nafar hokim oʻrinbosariga hayfsan berilgan.
Zoyir Mirzayev tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi

Nurafshon shahrida Zoyir Mirzayev raisligida navbatdagi «Hokimlik soati» oʻtkazildi. Unda bir qator muhim masalalar tanqidiy tahlil qilingan.

Yigʻilishda bar qator masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora koʻrildi, ogohlantiridi.

Xususan, Qibray tumanida Prezidentning 373-sonli qaroriga asosan tumanda dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagani uchun tuman hokimi ogohlantirildi, uning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Toʻychiyevga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

Yangiyoʻl tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar yer maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllash boʻyicha taklif kiritildi.

Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xoʻjaliklari uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlarini auksionga chiqarilishini yetarli darajada nazoratga olmaganligi uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi berildi.

Toshkent viloyatidagi qabristonlar uchun qoʻshimcha yer ajratish boʻyicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga etkazish topshirigʻi bajarilmaganligi viloyat hokimligiining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham «hayfsan» berildi.

Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl, Parkent tumanining hokimlari dehqon xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha 100 gektardan yer maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid