Sirdaryo viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimidan ozod etilgan.
Maʼlumot uchun, Sanjar Mavlonov bu lavozimga 2022 yil 30 aprel kuni tayinlangan edi.
Maʼlumot uchun, Mavlonov mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchilikdan boshlab, tuman prokuraturasi tergovchisi, Toshkent viloyati prokuraturasi boʻlim katta tergovchisi, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Yangiyer shahar prokurori, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan joriy yilning 30 apreliga qadar Toshkent shahar Shayhontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.




