Senat Konstitutsiya loyihasini maʼqulladi

Oliy Majlis Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi maʼqullandi.
Senatorlarning 80 nafari qonunni maʼqullashga ovoz berdi, 1 nafari betaraf qoldi, 2 nafar senator ovoz berishda ishtirok etmadi.
Eslatib oʻtamiz, Oliy majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Oliy Majlis Senatining referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan uch kun ichida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini maʼlum qilgandi.