platina.uz
Jamiyat

Savid Imatov Sirdaryo viloyatiga prokuror boʻldi

Bosh prokuror buyrugʻi bilan adliya katta maslahatchisi Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Savid Imatov Sirdaryo viloyatiga prokuror boʻldi

Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Savid Bazarbayevich Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmat xabar berdi.

S.Imatov tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid