platina.uz
Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi

Davlatimiz rahbari «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi

2023 yilning 16 mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammiti boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston yetakchisi mazkur sammitda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Sammit yaqinda Turkiyada sodir boʻlgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini oʻtaydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.

Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid