Oʻzbekistonda Youtube monetizatsiyasiga qoʻyilgan cheklov olib tashlanishi mumkin

Bugun, 14 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Komil Allamjonov hamda administratsiya shoʻʼba rahbari Saida Mirziyoyeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
"Uchrashuvda koʻplab loyihalar yuzasidan fikr almashdik. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qildik.
Koʻplab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib oldik", - deyiladi xabarda.