Nukusdagi tartibsizlik ishtirokchilariga oid yakuniy sud 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Nukusdagi tartibsizliklarda ishtirok etgan ayblanuvchilar boʻyicha yakuniy sud 17 mart kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 17 mart kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida (Buxoro shahri, Hofiz Tanish Buxoriy koʻchasi, 13) 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish yakuni boʻyicha sud qarori eʼlon qilinadi.