platina.uz
Jamiyat

Navoiyda byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari oʻzaro jinoiy til biriktirib, 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln soʻm miqdoridagi ragʻbatlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Navoiyda byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda boʻlimdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitdan norozi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga yoʻllagan murojaatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan koʻrib chiqildi.

Oʻrganish natijasiga koʻra, muallifning shikoyatlari hamda toʻplangan hujjatlar vakolat doirasida koʻrib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan edi.

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda Xatirchi tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari oʻzaro jinoiy til biriktirib, 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln soʻm miqdoridagi ragʻbatlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 26 fevral kuni Xatirchi tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qism «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid