platina.uz
Jamiyat

Namanganda tovlamachilik yoʻli bilan pul undirmoqchi boʻlgan bloger ushlandi

U yolgʻon xabarlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelib kelgan. Shuningdek, 2020 yilda sudlangani maʼlum boʻldi.
Namanganda tovlamachilik yoʻli bilan pul undirmoqchi boʻlgan bloger ushlandi

Telegram kanaliga yolgʻon va boʻxton xabarlarni tarqatmaslik uchun evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan yangiqoʻrgʻondik bloger qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIV xabar berdi.

Joriy yilning 4 mart kuni Yangiqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman ichki ishlar boshligʻi nomiga ariza qoldirib, unda Telegram ijtimoiy tarmogʻida rasmiy maqomga ega boʻlmagan kanallarning birida, jumladan, 26 fevral 2 mart kunlari shaxsiy fotosuratlarini joylagan holda, unga nisbatan igʻvo va boʻxtonlarni tarqatayotgani haqida murojaat qilgan.

Unga koʻra, u ushbu tumanda istiqomat qiladigan blogerdan gumon qilayotganini maʼlum qilib, u bilan suhbatlashgan. Bloger esa kanal adminiga aloqaga chiqib, ushbu masalani hal qilib berish evaziga 600 dollar talab qilayotganini maʼlum qilgan.

Tezkor tadbir davomida shu kuni soat 14:00 da arizada nomi keltiriligan shaxs arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar va bir million bir yuz ellik ming soʻm pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruvlar davomida ushbu bloger boshqa fuqarolardan maʼlumotlarni tarqatmaslik sharti bilan pul talab qilib kelgani aniqlandi. Qolaversa, ushbu shaxs 2020 yilning fevralida ham Jinoyat kodeksi 120-moddasi 2-qismi bilan sudlangan. Hozirda ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid